Pasport Masalalari

Kontaktlar

Telefon: +43 (1) 315 39 94

Ish vaqti: Mon, Wed, Fri 9:30 - 12:00

Pasport Masalalari

O’zbekiston Respublikasining Berlin shahridagi elchixonasida biometrik pasport olish va almashtirish huquqiga konsullik okrugi hududida doimiy ravishda yashovchi, ya’nii O`zbekiston mutasaddi tashkilotlarini chet elda doimiy yashashga ruxsatini olgan va doimiy konsullik hisobida turuvchi O’zbekiston fuqarolari egadir.

Pasport quyidagi hollarda almashtiriladi:

  • amal qilish muddati va bo’sh sahifalar tugaganda;
  • familiya, ismi, sharifi yoki millati o’zgarish munosabati bilan;
  • yaroqsiz holga kelganda.
  • Biometrik pasport olish yoki almashtirish uchun fuqaro quyidagi hujjatlar to`plamini konsullik bo`limiga shaxsan taqdim qilishi lozim:
  • Biometrik passport berish haqida Ariza (Bosh konsullikda olinadi yoki ushbu saxifaning oxiridagi link orqali yuklanadi) – 1 husxada;
  • Tug’ilganlik haqida guvohnoma (pasport birinchi marta olayotganda) asli va uning kopiya nusxasi bilan;
  • Almashtirilishi lozim bo’lgan pasportning barcha sahifalaridan kopiya nusxalari; Pasport birinchi marta olinayotganda otasi va onasi pasportning barcha sahifalaridan kopiya nusxalari;
  • 1 dona fotosurat (rangli);
  • Pasport familiya, ism, sharif va millat o’zgarishi sababli almashtirish holatlarida tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak (nikoh to’g’risida guvohnoma, familiya o’zgartirilganligi to’g’risida guvohnoma va boshqalar. Ushbu hujjatlar chet el idoralari tomonidan berilgan holda, ular Landgericht tomonidan tasdiqlangan bulishi kerak hamda o’zbek yoki rus tiliga sud oldida qasamyod qilgan tarjimon tomonidan tarjima qilingan bo’lishi lozim;

90,- Euro miqdorida konsullik yig’imi to’langanligi haqida chipta.

Pasport almashtirish ushun hujjatlarni kechiktirib topshirgan taqdirda har bir kechiktirilgan yil uchun 50 Euro miqdorida jarima to’lanadi. Biometrik passportga hujjat topshirish uchun fuqaro Bosh konsullikka shaxsan kelib uzining biometrik ma`lumotlarini (barmoq izi va fotosuratini) topshirishi kerak. Barmoq izlarini topshirmaslik va fotosuratga bosh kiyimini yechib tushishdan bosh tortish biometrik passport uchun hujjatlarni qabul qilmaslikka asos buladi.

HORIJ OLIY O’QUV YURTIDA TA’LIM OLAYOTGAN YOKI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEXNAT VAZIRLIGINING LIZENSIYASI SOHIBI BO`LMISH O`ZBEKISTON FUQAROLARI UCHUN PASPORT ALMASHTIRISH TARTIBI 

Pasport quyidagi hollarda almashtiriladi:

  • amal qilish muddati va bo’sh sahifalar tugaganda;
  • yaroqsiz holga kelganda.
  • Biometrik pasport olish yoki almashtirish uchun fuqaro quyidagi hujjatlar to`plamini konsullik bo`limiga shaxsan taqdim qilishi lozim:
  • Biometrik passport berish haqida Ariza (Bosh konsullikda olinadi yoki ushbu saxifaning oxiridagi link orqali yuklanadi) – 1 husxada;
  • Tug’ilganlik haqida guvohnoma (pasport birinchi marta olayotganda) asli va uning kopiya nusxasi bilan;
  • Almashtirilishi lozim bo’lgan pasportning barcha sahifalaridan kopiya nusxalari; Pasport birinchi marta olinayotganda otasi va onasi pasportning barcha sahifalaridan kopiya nusxalari;
  • 1 dona fotosurat (rangli);
  • O`liy o`quv yurtda tahsil haqida ma`lumotnoma. Chet elda vaqtincha yashash legalligi haqida ma`lumotnoma. Ushbu hujjatlar chet el idoralari tomonidan berilgan holda, o’zbek yoki rus tiliga sud oldida qasamyod qilgan tarjimon tomonidan tarjima qilingan bo’lishi lozim;

70,- Euro miqdorida konsullik yig’imi to’langanligi haqida chipta.

Arizachining ismi-sharifi, otasining ismi, Germaniyadagi yashash manzili, telefon raqami va Email manzili ko’rsatilgan alohida varoq. 

O'zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi