Konsullik ro’yxatidan o’tish

Kontaktlar

Telefon: +43 (1) 315 39 94

Ish vaqti: Mon, Wed, Fri 9:30 - 12:00

Konsullik ro’yxatidan o’tish

Doimiy konsullik ro’yxatiga O’zbekiston Respublikasi mutasaddi tashkilotlarining chet elda doimiy yashash uchun ruxsatini olgan va chet elda uzoq muddat yashaidigan O’zbekiston fuqarolari qabul qilinish huquqiga egadir.

Doimiy konsullik ro’yxatiga turich uchun shaxsiy murojaat bilan quyidagi hujjatlar topshirishi shart:

  • doimiy ro’yxatga o’tish surovnomasi (surovnoma nusxasi ushbu saxifaning ohirida biriktilgan link orqali yuklash mumkin);
  • O`zbekiston Respublikasi biometrik fuqarolik pasporti asl nusxasi, ushbu pasport bosmalangan nusxasi (xerocopiyasi) bilan birgalikda;
  • arizaning 1 dona 3×4 sm o`lchamli fotosurati;
  • 40 evro miqdorida konsullik hisobiga olish uchun konsullik yig`im to`lovi chiptasi.
  • Doimiy Konsullik hisobiga olish 1 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.

Vaqtinchalik konsullik ro’yxatiga O’zbekiston Respublikasi mutasaddi tashkilotlarining chet elga vaqtinchalik chet elga chiqish uchun ruxsatini olgan va chet el oliy o’quv yurtida taxsil olayotgan yoki O’zbekiston Respublikasi Mexnat vayirliginining chet elda ishlash uchun maxsus lizensiyasiga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarolari qabul qilinish huquqiga egadir.

Vaqtinchalik konsullik ro’yxatiga turich uchun shaxsiy murojaat bilan quyidagi hujjatlar topshirishi shart:

  • vaqtinchalik ro’yxatga o’tish surovnomasi (surovnoma nusxasi ushbu saxifaning ohirida biriktirilgan link orqali yuklash mumkin);
  • O`zbekiston Respublikasi biometrik fuqarolik pasporti asl nusxasi, ushbu pasport bosmalangan nusxasi (xerocopiyasi) bilan birgalikda;
  • arizaning 1 dona 3×4 sm o`lchamli fotosurati;
  • o’quv yurtning tegishli ma’lumotnomasi, yohud O’zbekiston Respublikasi Mexnat vayirliginining chet elda ishlash uchun maxsus lizensiyasi asl nusxasi ushbu hujjatning bosmalangan nusxasi (xerocopiyasi) bilan birgalikda;
O'zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi