302/23

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashuv haqida

Shu yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining YeXHT dagi Doimiy vakili Abat Fayzullaev YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2021-yil 10-11-dekabr kunlari Toshkent shahrida gibrid formatda o‘tkazilgan “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya davomida taqdirlangan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan mukofoti DIIHB direktoriga topshirildi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishga YXHT/DIIHB tomonidan koʻmaklashish masalalari, jumladan, respublikamizda saylov qonunchiligini takomillashtirish muhokama qilindi.