606/23

Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlaridagi Zardushtiylik obidalari bo‘yIab

Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududlaridagi Zardushtiylik obidalari bo‘yIab

TURIZM MARSHRUTLARI

Qisqacha ma’lumot - Zardushtiylik(zoroastrizm) - miloddan avvalgi 7-6- asrlarda vujudga kelgan din bo‘lib, asoschisi Zardusht hisoblanadi. So‘nggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, ushbu qadimiy dinning vatani Markaziy Osiyo, xususan, Qadimgi Xorazm bo‘lgan. Zardushtiylik Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan va Islom dini kirib kelguniga qadar ushbu mamlakatlarda Zardushtiylik dini asosiy e’tiqod shakli bo‘lgan. Hozirgi kunda yurtimizda ushbu davrga oid ko‘plab tarixiy obidalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan. Quyidagi turmarshrut ushbu tarixiy obyektlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Obyektlar

1.

“Avesto” monumenti. “Avesto” - jahon

madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi hisoblanadi.

2001-yilda YUNESKO tashabbusi bilan “Avesto”

yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlandi va Xorazmning Urganch shahrida bog‘ va “Avesto” monumenti barpo qilindi.

Monumentda “Avesto” kitobining kattalashtirilgan

nusxasi bo‘lib, unda Zardushtiylik dining asosiy g‘oyasi -

“Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal” so‘zlari yozib qo‘yilgan

2.

“Avesto” muzeyi. “Avesto” bog‘i hududiga joylashgan bo‘lib, bu yerda zardushtiylik davriga oid 2000 ga yaqin qadimiy eksponatlar va ushbu davr ananalarini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar mavjud.

3.

Kalajik qala. Bog‘ot tumanida joylashgan ushbu qal’a ham 3000 yillik tarixga ega bo‘lib, qal’a zardushdiylik davriga oid tarixiy obyekt hisoblanadi. Shuningdek qal’a yonida sho‘r ko‘l mavjud bo‘lib ushbu ko‘l o‘zining shifobaxsh xususiyati bilan mahalliy xalq orasida juda

mashxur. Hozirgi kunda qal’a yaqinida “Kalajik kala Oasis” nomli katta ekoturizm zonasi tashkil etilgan bo‘lib sayyohlaming maroqli xordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

4.

Sulaymon qala. “Sulaymon qal’a” qadimiy

Xorazmning eng ko‘hna qal’alaridan biridir. Tarixiy obida Xazorasp tumanida joylashgan bo‘lib, eramizdan oldingi V asrga taalluqlidir, kal’a o‘sha zamonlarda yashagan hukmdorlaming qarorgohi bo‘lgan. Qal’a devorlari hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Qal’a xavfsizligini ta’minlash

maqsadida obida ko‘l bilan o‘ralgan. Mahalliy aholi bu ko‘lni Oydin ko‘l deb ataydi. Qal’aning eng yuqori tepaligidan astronomik kuzatuvlar uchun foydalanilgan.

5.

Ayozqala. Ayozqal’a (mil.av. IV-III asrlar)

Qoraqalpog’istonning eng xushmanzara yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Qal’a Afrig‘iy sulolasi hukmronligi davrida qurilgan deb taxmin qilinadi. Qal’a murakkab tuzilishga ega. Pastga olib boradigan qiyalik yo’lak, qachonlardir qal’a darvozasini tepalikda joylashgan katta hashamatli qasr bilan bog‘lagan. Ushbu qasr O’rta asr davrida butun Markaziy Osiyo bo‘yicha eng chiroyli qasr sifatida qayd etilgan. Unda ustunli katta zallar, nafis o‘rindiqlar, marosimlar maydonchasi, devoriy tasvirlar va otashparastlar ibodatxonasi mavjud bo‘lgan. Bu yerda Afrig‘iy sulolasi Xorazm shohlaring xususan, shoh Bravikning tangalari

topilgan.

6.

Tuproqqal’a (milodiy I-VI asrlar) Sulton Uvays tog

tizmasidan bir necha kilometr janubda joylashgan. Ushbu qal’a antik davrda, Afrigidlar sulolasi hokimiyatga kelishidan oldin, Qadimgi Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo’lib xizmat qilgan. Yodgorlikning nomi, uning hozirgi holatidan kelib chiqib, katta tuproq tepalik degan ma’noni anglatadi.

Tuproq qal’a majmuasi - shahar, yuqori saroy va

shimoliy majmuadan iborat.

Shahar - maydoni 500 x 350 m. to’g’ri burchakli shaklda bo’lib, balandligi 8-9 metrli mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Bundan tashqari, shahar ko’plab yassi burchakli to’rtburchak minoralarga ega bo’lib, yon atroflari keng xandaq bilan o’ralgan. Shahar darvozasi murakkab inshoot shaklida qurilgan bo’lib, ushbu darvozadan butun shahar bo’ylab qal’agacha kengligi 9 m. bo’lgan markaziy ko’cha o’tgan. Otashparastlar ibodatxonasida ko’plab o’choqlar aniqlangan. Yodgorlikdagi yana bir binoda qo’chqor shoxlari, shisha idishlar, gips haykallar parchalari ko’rinishidagi oltin bilan ishlov berilgan bilaguzuklar va boshqa zargarlik buyumlari topilgan.

7.

Qoyqrilgan qala. Qazish ishlari to’liq o’tkazilgan

kam sonli qadimiy inshootlardan biri bo’lib, u o’zining o’ziga xos m e’morchiligi bilan ajralib turadi. Dastlab, u ikki qavatli doira shaklidagi, tuynukli ikki qavat aylana devor bilan

mustahkamlangan va kengligi 15 m. va chuqurligi 3 m. bo’lgan xandaq bilan o’ralgan inshoot bo’lgan. Olimlarning fikricha, dastlab Qo’yqrilgan qal’a Zardushtiylaming muqaddas binosi hisoblanib, u astronomik tadqiqotlar olib borish uchun ehtimol bilan, Fomalgaut yulduzi uchun bag’ishlangan.

Ilk Qo’yqrilgan qal’a (mil.av.IV-III asrlar) butun

inshootning mahobati bilan, jumaladan markaziy binosi, mudofaa tizimining rivojlanganligi va katta omborlari bilan ajralib turgan. Ushbu omborlardagi tamg’alangan xumlarda va bug’doy saqlash uchun kovlangan chuqurlarda oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari saqlangan. Garchi inshoot saqlanib

8.

Mizdaxkan shahri. Xojayli shahrining g’arbiy

chekkasida, Kunya-Urganch shahriga olib boruvchi yo’lning ikki tomoni bo’ylab, tepalikda bepoyon Mizdaxkan shahri joylashgan.

G’arbiy tepalikda joylashgan qadimiy Mizdaxkan shahri mil.av. IV-III asrlarda paydo bo’lgan. Ushbu shahaming xarobalari bugungi kunda “Xojayli Gyaur-qal’asi”, ya’ni “Bevafolar qal’asi” nomi bilan mashhur. Shahaming bunday nomlanishi VIII asrda bu yerlaming arablar tomonidan bosib

olinishi bilan bo’gliq chunki bu yeming tub aholisi

otashparastlar hisoblanagan zardushtiylar bo’lgan. Shunday qilib, “Gyaur” atamasi -gyaurlar (otashparastlar) joylashgan manzilgohlarga nisobatan qo’llanilgan. Tadqiqotlarga ko’ra,

qadim zamonlarda bu yerda yonidan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmoqlaridan biri o’tgan katta savdohunarmandchilik markazi joylashgan edi.

9.

Gaur qala. Sulton Uvays Gaur qal’asi (mil.av. IV- mil. Ill asrlar) Amudaryoning o’ng sohilida Chilpiq va Jampiq qal’a yodgorliklarining o’rtasida joylashgan. Ushbu qal’a ilk-antik davrda qurilgan bo’lib, bizgacha uning shimoliy va g‘arbiy devorlari bir qismi saqlanib qolgan. Katta ehtimol

bilan, bu yerda otashparastlar (olovga  ig’inuvchilar) ibodatxonasi joylashgan. “Gaur” so’zi, olimlaming fikriga ko’ra, “otashparast (olovga sig’unuvchi)” degan ma’noni anglatadi.

10.

Chilpiq qala. Chilpiq Nukusdan 43 km. janubda,

Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi tabiiy yassi tepalikning cho‘qqisida joylashgan. Zardushtiylik odatlariga ko‘ra, bu yerga o‘liklarning suyaklarini yumshoq qatlamidan tozalash uchun olib kelishgan.

 

*Ma’lumot uchun: Ushbu marshrut Qoraqalpog ‘iston hududidagi boshqa qadimiy qalalar (Jampiq qal’a, Qizil qal’a, Aqshaxan qal’a, Katta va kichik qirqqiz qal’alari, Jonbos qal ’a, Eres qal ’a, va boshqalar)ni ham qamrab olish mumkin.