2002/20

MAKTABGA CHINGIZ AYTMATOV BYUSTI O‘RNATILADI, POYTAXTIMIZNING MARKAZIY KO‘CHALARIDAN BIRIGA ADIB NOMI BERILADI

Chingiz Aytmatov nomi kirib bormagan, kitoblari javonlaridan joy olmagan biror bir o‘zbek xonadoni yo‘q. Atoqli adib asarlari nafaqat qirg‘iz, balki o‘zbek xalqi uchun ham birdek qadrdon. 



O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar tarixida yangi davr boshlangan hozirgi paytda Chingiz Aytmatovning o‘lmas badiiy merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. 



Prezidentimizning “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan adib nomini ulug‘lash, xotirasini abadiylashtirish maqsadida yurtimizda xayrli ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, xotira kitobi chop etilib, adib hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. 



Shuningdek, Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomini berilib, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.