2102/20

«Made in Uzbekistan 2018» 1-Xalqaro tashqi savdo ko‘rgazmasi

Joriy yilning 27-30 noyabr kunlari OAJ MKK «O‘zekspomarkaz» ning №№3,4 pavilonlari, 2-Atrium zali va ochiq ko‘rgazma maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi, Savdo sanoat palatasi, OAJ MKK «O‘zekspomarkaz», tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 1-Xalqaro sanoat mahsulotlari tashqi savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmadan ko’zlangan asosiy maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yo‘naltirilgan sanoat mahsulotlarini namoyish qilish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

Tadbirda xorijiy yetakchi kompaniyalar - mahalliy ishlab chiqaruvchi salohiyatli importyorlar, tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rgazmada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar – avtobus, avtomobil, avto ehtiyot qismlari, maishiy texnika, lift, transformator, stanok, podshipnik, panel uy maketi, rom, eshik, qurilish mollari, plita va tosh mahsulotlar, radiator, kalorifer, mebel, shkaf, gilam, uy to‘qimachilik mahsulotlari, charm va attorlik mahsulotlari, mato, kosmetika, oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etiladi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari orasida quyidagi korxolar qatnashadi «Navoiy KMK» DK, MChJ «ARTEL ENGINEERING AND MANAGEMENT»,  MChJ «DSK  BINOKOR», OAJ  «Uzneftmahsulot», MChJ «UZKIMYoIM-PEKS», «O‘zmetkombinat» OAJ, XK  "SAM FERRE", QK OAJ «Uzkabel», Chirchiq  transformator  zavodi, MChJ  IShChK "ELXOLDING",  QK MChJ «Bektemir METALL KONSTRUKSIYaLARI», «Ozelectroapparat-Electroshield»  Korxonasi,  XK  MChJ «Toshelektroapparat»,  Uzmilliybank koshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash Jamgarmasi, OAJ «O‘zbekiston temir yo‘llari», AMMK, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, QK MChJ  "JV MAN AUOT-UZBEKISTAN", MChJ «SamAvto», MChJ QK «METALL-POLIMER TEXNOLOGIYaLARI», MChJ «UZTELMASh», MChJ «TOShKENT LAK BO‘YoQ zavodi» MChJ SSP "GAMMA COLOR SERVICE", MChJ «UzKO-RAM», MChJ «MASTER XOLOD» Ltd., MChJ  "ASU Trading Group", PGS,  MChJ "OSCAR FURNITURE",  MChJ  "DIGITAL GOODS", MChJ  "GLOBAL TRADE", MChJ  "THE BEST PRODUCT", OAJ «Uzagrosanoatholding», XK "BENCH", "O‘zcharmsanoat"  uyushmasi, MChJ «GOLD HOME TEX» va boshqalar.

Veb-saytning tafsilotlari: www.madeuz.mft.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: + (99871) 238-56-00 / 26/41.

Elektron manzil: info@uzexpocentre.uz.

 

Siz uchun ko‘rgazmalarda qatnashish - bu xalqaro bozor sari eng qisqa yo‘l!

 

«Made in Uzbekistan 2018» ko‘rgazmasiga xush kelibsiz!